Yangiliklar
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI XIVA TUMANIDA TASHKIL QILINMOQDA
11-fevral 2025-yil
DIQQAT, E'LON!
Xabaringiz bor, fuqarolar hamda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining tizimga doir murojaat, taklif va shikoyatlarini qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish maqsadida joylarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari bo’lib o’tmoqda.
Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 12-fevral kuni Xiva tumanidagi 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi binosida soat 11:00 da boshlanadi.
Soha bo‘yicha murojaat qilish istagida bo‘lgan barcha fuqarolarni Sayyor qabulga taklif qilamiz.
Manzil: Xiva tumani Polasulton mahallasi Abdulla Avloniy ko‘chasi 47-uy
Murojaat uchun telefon:
+99862 22 8 11 70