Yangiliklar
Qo'shko'pir tumanidagi 13-sonli maktabda kasbiy ta’limni o‘qitish va kelgusida rivojlantirishga doir amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
13-yanvar 2025-yil
Seminarda viloyatdagi kasbiy ta’lim joriy qilingan 13 ta maktab direktorlari, psixologlari va kasbiy ta’lim ustalari ishtirok qildilar.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja grafikka asosan Qo'shko'pir tumanidagi 13-sonli maktabda kasbiy ta’limni o‘qitish va kelgusida rivojlantirishga doir amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda viloyatdagi kasbiy ta’lim joriy qilingan 13 ta maktab direktorlari, psixologlari va kasbiy ta’lim ustalari ishtirok qildilar.
Seminar o‘zaro fikr va tajriba almashuv ruhida samarali o‘tkazildi.
O‘quvchilarning kasbiy ta’lim yuzasidan egallagan bilim va ko‘nikmalari ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.
Maktab rahbarlari va kasbiy ta’lim ustalari bilan kelgusidagi rejalar, mavjud muammolar ularning yechimi to‘g‘risida kelishib olindi. Bunday seminarlar reja-grafik asosida tizimli davom qildiriladi.