Yangiliklar
“Prezident archasi” bayram tadbiri o‘tkazildi
25-dekabr 2024-yil
Viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga Prezident sovg‘alarini topshirdi.
Urganch shahridagi viloyat musiqali drama teatrida an’anaviy “Prezident archasi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/xorazm_uz_rasmiy/13687)
Bayram dasturiga viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, chin yetim va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning va ehtiyojmand oilalarning farzandlari taklif etildi.
Viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga Prezident sovg‘alarini topshirdi.
Teatrlashtirilgan bayram tomoshalari, Yangi yil ertak qahramonlarining chiqishlari bolajonlarga bir olam zavq ulashdi.