Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMGA PREZIDENT SOVG‘ASI YETIB KELDI

20-dekabr 2024-yil
image

Bugun xorazmlik bolajonlarga atalgan sovg‘alar Urganch xalqaro aeroportida Qorbobo va Qorqiz hamrohligida viloyat hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas’ullari va jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi.

 

Yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlarga davlatimiz rahbarining sovg‘alarini taqdim etish an’anaga aylangan. Bu yilgi bayram sovg‘alari shu kunlarda joylarga yetkazilmoqda.

Bugun xorazmlik bolajonlarga atalgan sovg‘alar Urganch xalqaro aeroportida Qorbobo va Qorqiz hamrohligida viloyat hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas’ullari va jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi.

Mazkur sovg‘alar viloyatdagi 230 nafar oilaviy bolalar uylari, “SOS – bolalar mahallalari” tabiyalanuvchilari, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlariga beriladi.

Sovg‘alar viloyatda bo‘lib o‘tadigan "Prezident archasi" bayram tadbirida bolajonlarga topshiriladi.

“Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Prezidentining Yangi yil bayrami tabrigi, 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklar kiritilgan.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb