Yangiliklar
“Ilk rivojlanish markazlari” faoliyati bilan yaqindan tanishildi
16-dekabr 2024-yil
Markazda bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandilar.
Xabaringiz bor, joriy yil 13-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Toyloq va Kosonsoyda “Ilk rivojlanish markazlari” ochilib, kambag‘al oiladagi va nogironligi bo‘lgan 4 ming 200 nafar bolaga bog‘cha ta’limi berilgani haqida gapirilib, viloyat hokimlariga o‘zidagi har bir tumanda bittadan shunday tajribani tashkil qilish vazifasi topshirilgan edi.
Kecha, 15-dekabr kuni Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’atbek Salayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i Sherzod Berdiyev, tuman, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari hamda tegishli mas’ullar Samarqand viloyatining Toyloq tumanida bo‘lib, bu yerda tashkil qilingan “Ilk rivojlanish markazlari” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Markazda bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandilar.