Yangiliklar
Muhtaram ustoz va murabbiylar!
30-sentabr 2024-yil#Қадри_баланд_ўзи_улуғ_устозим
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Yosh-avlodga zamonaviy ilm-fan va kasb-hunar asoslarini o‘rgatish, yuksak insoniy tuyg‘u va fazilatlarni singdirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash borasida bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va mahoratingizni ayamasdan astoydil xizmat qilayotganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz.
Yana bir bor kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz. Kelajagimiz poydevori – yoshlarimizga bilim va ziyo nurini taratishdan aslo charchamang!