Yangiliklar
BUGUN XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHINING ELLIK SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
11-yanvar 2023-yilSessiyada deputatlar, tegishli idora-tashkilot rahbarlari, maktab direktorlari, ota-onalar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Sessiya davomida Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Jo’rabek Raximovning Xorazm viloyati xalq ta’limi tizimida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida viloyat aholisi va ota-onalarga murojaati, xalq orasida obro‘-e’tibor qozongan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarning viloyat aholisi va ota-onalarga murojaati tinglandi.