Yangiliklar
O’quv seminari tashkil etildi
26-sentabr 2024-yilSeminar jarayonlari orqali o’qituvchilar kerakli metodik tavsiyalar oldilar va dars jarayonlariga tadbiq qilishda uchrayotgan muammolariga yechimlar topdilar.
Joriy yilning 25-sentabr sanasida Xorazm viloyati PMM metodistlari tomonidan “Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizim” yo’nalishida bu o’quv yilidan tajriba sinov jarayonida faoliyat ko’rsatayotgan Urganch shahridagi 6-umumta’lim maktabi fan o’qituvchilariga “Yangi baholash tizimining mazmun va mohiyati” hamda jarayonlar mobaynidagi muammolar va yechimlar mavzusida o’quv seminari tashkil etildi.
Seminar jarayonlari orqali o’qituvchilar kerakli metodik tavsiyalar oldilar va dars jarayonlariga tadbiq qilishda uchrayotgan muammolariga yechimlar topdilar.
O’qituvchilarning keyingi faoliyatlariga omadlar tilab qolamiz.