Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

VILOYATIMIZDA XUSUSIY MAKTABLAR SONI YANA BITTAGA KO‘PAYDI

9-sentabr 2024-yil
image

"Renessans” xususiy maktabi 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, Otabek Gapparov tomonidan tashkil etildi. 

 

Bugun Hazorasp tumani Ovshar mahallasida joylashgan “Renessans” xususiy maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Hazorasp tumani hokimi Z.Abdirimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi A.Yo‘ldoshev hamda nuroniylar ishtirok qilib o‘quvchilarga  ezgu tilaklar bildirdilar. 

"Renessans” xususiy maktabi 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, Otabek Gapparov tomonidan tashkil etildi. 

Maktabda umumta’lim fanlar bilan birgalikda IT(Dasturlash), nemis tili, ingliz tili, matematika va chet davlatlar bilan integratsion darslar yo’lga qo'yilgan bo’lib, o‘quvchilarning bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb