Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xorazmda “Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi”ga bag’ishlangan o’quv trening mashg’uloti oʻtkazilmoqda

20-avgust 2024-yil
image

Bugun viloyat Pedagogik mahorat markazi binosida “Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi” mavzusida o'quv trening mashg'uloti o'z ishini boshladi.

 

Bugun viloyat Pedagogik mahorat markazi binosida “Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi” mavzusida o'quv trening mashg'uloti o'z ishini boshladi.

O'quv trening mashg’uloti Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori D.Davidova va Markaz direktori o'rinbosari I.Saibovalar tomonidan o'tkazishmoqda.

2023-2024-o‘quv yilida viloyatimizdagi 29 ta umumta’lim maktablarida yangicha baholash tizimi joriy qilingan bo’lsa, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab 121 ta qo‘shimcha umumta’lim maktablarda bilimlarni baholashning yangi tartibi joriy etilmoqda. 

Trening mashg’ulotida yangicha baholash tizimi joriy etilayotgan maktablarning direktorlari hamda direktor o’rinbosarlari ishtirok etmoqdalar.
 
Mashg’ulotlar 20-21-avgust kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb