Yangiliklar
Forumning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda
20-avgust 2024-yil#Ikkinchi_kun
#Uchinchi_ustozlar_milliy_forumi
Kecha Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida III Ustozlar milliy forumi o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun ushbu forumning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.
Forum doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda tarbiyachi-pedagoglarning roli, darsliklarda qo‘llanilgan ilg‘or metodikalar, tabiiy fanlarni o‘qitishda 5E modeli, aniq fanlarni o‘qitishda MRT – “moddiy-rasmli-timsolli” yondashuvlarini amaliyotga samarali tatbiq etish, o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, tadqiqotchilik, kommunikativlik, raqamli va media savodxonlik, muammoni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, loyihaga asoslangan ta’lim, tadqiqotchilikka asoslangan ta’lim, o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’limni o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha treninglar olib borilmoqda.