Yangiliklar
Qisqa muddatli malaka oshirish maqsadli kursiga start berildi
12-avgust 2024-yilMalaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tugatgan xorijiy til o‘qituvchilariga malaka oshirish kurslarini tugatganligi to‘g‘risida sertifikat beriladi.
Bugun Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari ikkinchi xorijiy (ingliz, nemis, fransuz va koreys) tili oʻqituvchilarining zamonaviy taʼlim metodikalari asosida qisqa muddatli malaka oshirish maqsadli kursiga start berildi.
Malaka oshirish kursiga viloyatdagi 26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabidan 40 nafar o’qituvchilar jalb etilgan bo’lib, o’quv mashg’ulotlarini Pedagogik mahorat markazi professor-o’qituvchilari va metodistlari olib borishmoqda.
Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tugatgan xorijiy til o‘qituvchilariga malaka oshirish kurslarini tugatganligi to‘g‘risida sertifikat beriladi.