Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida o‘tkazilayotgan treninglar yakunlandi

8-avgust 2024-yil
image

Trening yakunida ularga A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining maxsus sertifikatlari hamda tashakkurnomalar taqdim qilindi.

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida o‘tkazilayotgan treninglar yakunlandi. 

5-8-avgust kunlari o‘tkazilgan treninglarda 30 nafar menejer direktorlar, 30 nafar matematika fani bo‘yicha mentor trenerlar va 54 nafar tabiiy (Science) fan yo‘nalishi bo‘yicha mentor-trenerlar qamrab olindi va trening yakunida ularga A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining maxsus sertifikatlari hamda tashakkurnomalar taqdim qilindi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb