Yangiliklar
Seminar-trening tashkillashtirildi
2-avgust 2024-yilUshbu seminardan ko'zlangan asosiy maqsad yangi baholash tizimiga o'tayotgan maktablarga amaliy ko'mak berishdan iborat.
Bugun Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (https://t.me/BagatPSchool) tashabbusi bilan tumandagi yangi baholash tizimiga o'tayotgan umumta'lim maktablari uchun "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida seminar-trening tashkillashtirildi. Seminarda maktablar rahbariyati, metod birlashmalar va pedagoglar jamoasi ishtirok etdi.
Ushbu seminardan ko'zlangan asosiy maqsad yangi baholash tizimiga o'tayotgan maktablarga amaliy ko'mak berishdan iborat.
Ma'lumot uchun, 2024-2025-o'quv yilidan tumandagi 8 ta umumta'lim maktabida yangi baholash tizimi joriy etilmoqda.