Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

MANFAATLAR TO’QNASHUVI TO’G’RISIDAGI QONUN MAZMUN MOHIYATIGA BAG’ISHLANGAN SEMINAR O’TKAZILDI

25-iyul 2024-yil
image

Bugun, 25-iyul kuni Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida o‘tkazilgan onlayn seminar ham mazkur masalaga bag’ishlandi.

 

Xabaringiz bor, yurtimizda davlat organlari faoliyatini yaxshilash, turli qonun buzilish holatlarini oldini olish va shaffof boshqaruv tizimini yo‘lga qo’yish maqsadida “Manfaatlar to’qnashuvi to’grisidagi qonun” ishlab chiqilib, joylarda mazkur qonun mazmun-mohiyatidan keng jamoatchilikni xabardor etishga bag’ishlangan seminarlar o’tkazilmoqda.

Bugun, 25-iyul kuni Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida o‘tkazilgan onlayn seminar ham mazkur masalaga bag’ishlandi.

Unda vazirlik ishchi guruhi a'zolari tomonidan qonun doirasida belgilangan talablar, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlik munosabatlari va vakolatlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlaridan boxabar etish hamda belgilangan muddatlarda ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvi to‘g’risidagi deklaratsiyalarni to‘ldirib borilishi yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb