Yangiliklar
Xiva shahridagi Binokor mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan maktabgacha ta’lim tashkilotining 150 o‘rinli yangi binosi foydalanishga topshirildi
24-iyul 2024-yilShu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Xiva shahridagi Binokor mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan maktabgacha ta’lim tashkilotining 150 o‘rinli yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda viloyatimizda 366 ta davlat, 6 ta xususiy, 98 ta davlat-xususiy sheriklik asosida va 1594 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2016-yilda viloyatimizda bog‘cha yoshidagi o‘g‘il-qizlarning qamrov darajasi 21 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 82,1 foizga yetdi.