Yangiliklar
YANGIBOZOR TUMANI HOKIMIGA XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN TASHAKKUR BILDIRILDI
29-dekabr 2022-yilO‘quvchi hamda o‘qituvchilarga yaratilgan qulayliklar, o‘qituvchi obro‘sini oshirishdagi shaxsiy tashabbuslari uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashakkur bildirildi
Yangibozor tumani hokimi Qurbanov O‘ktamboy Qo‘chqarovichga ta’lim sohasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, xususan, ta’lim sohasiga qaratilgan e’tibor, mahalliy hokimlik mablag‘lari hisobidan maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchi hamda o‘qituvchilarga yaratilgan qulayliklar, o‘qituvchi obro‘sini oshirishdagi shaxsiy tashabbuslari uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashakkur bildirildi.
Tashakkurnomani Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Qahramon Zaripov o‘z egasiga topshirdi.