Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

#Press_tur

12-yanvar 2024-yil
image

"Oilaviy va DXSh asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatiga e’tibor" mavzusida media-tur bo‘lib o‘tdi.

 

Bugun Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida "Oilaviy va DXSh asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatiga e’tibor" mavzusida media-tur bo‘lib o‘tdi.

Press turda ishtirokchilar YATT “Tangriberganova Dilnoza Maratovna”ga qarashli davlat-xususiy sheriklik asosidagi (Akademik kids) oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda  “STAR KIDS PLUS” MChJ ga qarashli (RENESSANS) Davlat-xususiy sherikligi asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldilar. 

Tadbir davomida ushbu muassasalarda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Bayram dasturlarini tomosha qildilar. 

YATT “Tangriberganova Dilnoza Maratovna”ga qarashli davlat-xususiy sheriklik asosidagi (Akademik kids) oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bugungi kunda 50 nafar tarbiyalanuvchi mavjud.  

 “STAR KIDS PLUS” MChJ ga qarashli (RENESSANS) Davlat-xususiy sherikligi asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida esa bugungi kunda 225 nafar bola tarbiyalanmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram (https://t.me/Xorazm_MMTB) I Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCYf1F0sTA6HGNo1pRjKWt8A) I Facebook (https://www.facebook.com/Xorazm-viloyati-xalq-talimi-boshqarmasi-183150220461390) I Instagram (https://www.instagram.com/xorazm_vxtb/) I Web-sayt (http://khorezm.uzedu.uz/)

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb