Yangiliklar
О‘rganishlar o‘tkazmoqda
11-yanvar 2024-yilViloyatimizda ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli turar joy fondini kuz-kish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-sentabrdagi farmoyishiga asosan Respublika iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, ko‘p xonadonli turar joy fondi va ijtimoiy sohani 2023-2024-yillar kuz-qish davrida energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, transport va logistika masalalarida ko‘maklashish maqsadida Respublika shtabining ishchi guruhlari tarkibi tasdiqlangan bo‘lib, joriy yil 8-11-yanvar kunlari viloyatimizda ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli turar joy fondini kuz-kish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammoli masalalarni hal etish yuzasidan joylarga chiqqan holda o‘rganishlar o‘tkazmoqda.
Xususan, kecha ishchi guruhi Xiva tumani, Xiva shahri, Urganch tumani, Urganch shahridagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirdilar.