Yangiliklar
MTTLARGA OLIB KELINAYOTGAN OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI MAXSUS TRANSPORTDA OLIB KELINISHI LOZIM
9-yanvar 2024-yilMaktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar va maktab o‘quvchilarini xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishda eng avvalo oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, tashib keltirilishi, saqlanishi va tayyorlanishi muhim hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar va maktab o‘quvchilarini xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishda eng avvalo oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, tashib keltirilishi, saqlanishi va tayyorlanishi muhim hisoblanadi.
‼️ Tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilarni xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishda quyidagi qoidalarga amal qilish juda muhimdir:
Oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligini ta’minlash uchun mahsulotlar xom-ashyosi, masalliqlar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish talablariga rioya etilishi lozim;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini va ular xom-ashyolarini maxsus transportlarda tashib kelinishi lozim va ushbu transport vositalaridan boshqa maqsadda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu transport vositalari kuzovi ichki tarafidan oson yuviladigan va dezinfeksiyalanadigan materiallardan yasalgan bo‘lishi kerak;
Transport vositalarida oziq-ovqat mahsulotlari alohida, maxsus qopqoqli idishlarda (tozalash va dezinfeksiyalash vositalariga chidamli bo‘lgan),
“Faqat oziq-ovqat uchun” deb yozilgan
belgi qo‘yilgan holda bo‘lishi va maqsadli (o‘z o‘rnida) ishlatilishi lozim;
Oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyolarni yetkazib beruvchi transport vositalarida oziq-ovqat mahsulotlarini (ularning turlariga qarab) belgilangan haroratda saqlash muhim;
Oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyolarni yetkazib beruvchi shaxsning mahsulotlarni yuklash va tushirish uchun maxsus kiyimi (xalat, bosh kiyimi, qo‘lqopi va boshqalar) bo‘lishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi, yuqumli kasallik belgilari, ifloslangan yarasi, ochiq jarohati bo‘lmasligi, shuningdek, shaxsiy gigiena talablariga rioya qilishi shart;
Tashish jarayonida xom-ashyo va tayyor oziq-ovqat mahsulotlar bir-biri bilan muloqotda bo‘lmasli kerak;
Barcha mahsulotlar qabul qilib olinayotganda, ularning kelib chiqishi, sifati, saqlanish holati, qadog‘i butunligi va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligiga ishonch hosil qilish lozim;
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish jarayonida amaldagi sanitriya qoidali, normalari va gigiena normativlari talablariga rioya qilinishi shart.
Tashib keltiriladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlarini ta’lim muassasasalari qoshidagi brakeraj komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan holda to‘g‘ri va sifatli qabul qilib olinishi kerak;
Omborxonalarda oziq-ovqat mahsulotlari va ularning xom-ashyolarini o‘rnatilgan tartibda, harorat talablariga mos ravishda saqlash lozim;
Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, ularga termik ishlov berish jarayonidja taomlar tayyorlash va pishirish texnologiyalariga to‘liq amal qilish zarur; Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangavn bino va inshootlar toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur;
‼️ Oziq-ovqat mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar malakasi muntazam oshirib borilishi kerak.