Yangiliklar
“Qanchalik qiyin boʻlmasin, tanlagan yoʻlimizdan hech qachon ortga qaytmaymiz”
20-dekabr 2022-yilQanchalik qiyin boʻlmasin, tanlagan yoʻlimizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Koʻzlagan marralarimizga albatta yetamiz.
Prezident Murojaatnomaga yakun yasar ekan, unda aytilgan vazifalarni dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda amalga oshirish oson boʻlmasligini qayd etdi.
“Lekin biz oʻtgan davrda katta bilim va tajriba toʻpladik. Eng muhimi, oʻz kuch va imkoniyatlarimizga boʻlgan ishonchimiz tobora ortib bormoqda.
Shu bois, qanchalik qiyin boʻlmasin, tanlagan yoʻlimizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Koʻzlagan marralarimizga albatta yetamiz.
Bu yoʻlda niyati ulugʻ, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz. Bir tanu bir jon boʻlib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi Oʻzbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz”.
Prezident soʻzining yakunida yigʻilganlarni, butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbdan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, fayzu baraka, oilaviy baxt tiladi.