Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan press tur o‘tkazildi

4-iyun 2024-yil
image

Tadbir davomida Xiva tumanida joylashgan “Barkamol avlod” bolalаr maktabi faoliyati yaqindan kuzatildi. 

Joriy yil 31-may kuni Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan press tur o‘tkazildi. 

Tadbir davomida Xiva tumanida joylashgan “Barkamol avlod” bolalаr maktabi faoliyati yaqindan kuzatildi. 

Xususan, mazkur muassasada o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va to‘garaklar faoliyati bilan tanishildi.

Press tur davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb