Yangiliklar
XORAZM VILOYATI YANGIBOZOR TUMANI HOKIMIYATI OʻZ BINOSINI TUMAN XALQ TAʼLIMI BOʻLIMIGA BOʻSHATIB BERDI
14-dekabr 2022-yilTuman hokimi xalq taʼlimi boʻlimi xodimlarining ish sharoitlarini yaxshilash, ularning faoliyati uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadida mukammal taʼmirdan chiqarilgan tuman hokimligi binosini boʻshatib berdi.
XORAZM VILOYATI YANGIBOZOR TUMANI HOKIMIYATI OʻZ BINOSINI TUMAN XALQ TAʼLIMI BOʻLIMIGA BOʻSHATIB BERDI
Xabaringiz bor, Yangibozor tumani hokimi Oʻktamboy Qurbanov tomonidan taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilib, uning tashabbusi bilan har bir oʻqituvchi xonadoniga “Ushbu xonadonda hurmatli ustoz istiqomat qiladi” koʻrinishidagi peshlavhalar ilindi. Ragʻbat sifatida “Oʻqituvchilik guvohnomasi” va oylik yoʻl chiptasi topshirilib, uzoq hududlardagi oʻquvchilar uchun avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi.
Endilikda tuman hokimi yana bir savobli ishga qoʻl urdi.
Yangibozor tumani xalq taʼlimi boʻlimi 1953-yilda qurilgan eski, binoda faoliyat olib borayotgan edi. Tuman hokimi xalq taʼlimi boʻlimi xodimlarining ish sharoitlarini yaxshilash, ularning faoliyati uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadida mukammal taʼmirdan chiqarilgan tuman hokimligi binosini boʻshatib berdi.
Albatta, yaxshi sharoitda ishlagan xodimlarning ishida unum, baraka boʻladi, kayfiyati ham shunga monand oʻzgarib, yanada gʻayrat-shijoat bilan xizmat qiladi.