Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“MAKTABLAR: KELAJAK HAMKORLARI” LOYIHASI DOIRASIDA YETKAZIB BERILGAN TIKUV MASHINALARIDAN O‘QUVCHILAR SAMARALI FOYDALANMOQDA

16-may 2024-yil
image

Kecha 15-may kuni maktabga keltirilgan tikuv mashinalarini o‘rnatilishi va undan foydalanish tartibini monitoring qilish uchun Germaniya davlatining GIZ Xalqaro hamkorlik jamiyati vakillari Nataliya Grekova va Komila Xodjayevalar tashrif buyurishdi va jarayonlar bilan tanishdilar. 

O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish hamda ularning tikuvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini inobatga olib Urganch shahridagi 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga Germaniya davlatining  Gyote instituti bilan hamkolikdagi “Maktablar: kelajak hamkorlari” loyihasi doirasida tikuv mashinalari yetkazib berilgan edi. 

Mazkur tadbirni amalga oshirishda Germaniya davlatining GIZ Xalqaro hamkorlik jamiyatiga murojaat qilinib, texnologiya fanidan to‘garak mashg‘ulotlari uchun yangi rusumdagi tikuv mashinalarni buyurtma qilindi va  9 ta yangi tikuv mashinalari yetkazib berildi.

Kecha 15-may kuni maktabga keltirilgan tikuv mashinalarini o‘rnatilishi va undan foydalanish tartibini monitoring qilish uchun Germaniya davlatining GIZ Xalqaro hamkorlik jamiyati vakillari Nataliya Grekova va Komila Xodjayevalar tashrif buyurishdi va jarayonlar bilan tanishdilar. 

Hamkorlik doirasida joriy yil 22 may kuni maktabning 2 nafar texnologiya fani o‘qituvchisi Germaniya davlatining GIZ Xalqaro hamkorlik jamiyati tomonidan Toshkent shahrida tashkil qilinayotgan seminarda ishtirok qilishi rejalashtirildi.  

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur samarali hamkorlik uchun tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram (https://t.me/Xorazm_MMTB) I Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCYf1F0sTA6HGNo1pRjKWt8A) I Facebook (https://www.facebook.com/Xorazm-viloyati-xalq-talimi-boshqarmasi-183150220461390) I Instagram (https://www.instagram.com/xorazm_vxtb/) I Web-sayt (http://khorezm.uzedu.uz/)

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb