Yangiliklar
“HOKIM KUBOGI” GʻOLIBLARINI TAQDIRLASH VA YANGI MAVSUMGA START BERISH MAROSIMI O‘TKAZILDI
13-aprel 2024-yilTadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok qilib, g‘olib o‘quvchilarni taqdirladi hamda yangi masumda o‘quvchilarga omad tiladi.
Bugun yil davomida o‘tkazilgan “Viloyat hokimi olimpiadasi”ning yakuni sifatida tashkil etilgan "HOKIM KUBOGI" da g‘olib bo‘lgan 10 nafar o‘quvchini taqdirlash va yangi mavsumga start berish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok qilib, g‘olib o‘quvchilarni taqdirladi hamda yangi masumda o‘quvchilarga omad tiladi.
Olimpiadaning ushbu mavsumdagi 1-turi 5-, 6-, 7-, 8-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan o‘tkazildi.
Ushbu olimpiadada 205 nafar o‘quvchi ishtirok qildi va g‘oliblar 3 mln, 4 mln va 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.