Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

30-mart 2024-yil
image

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, ularga imkon beruvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish muhim vazifalardan biridir.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, ularga imkon beruvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish muhim vazifalardan biridir.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori hamda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shunga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rish uchun mas’ul hisoblanadi. Bu bo‘yicha mas’ul xodimning xizmat majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirining 196-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki idoraviy xujjatlarni yangi taxrirda tasdiqlash xaqida” 16 ta me’yoriy hujjatlar asosida belgilangan.

Bugungi kunda korrupsiya bilan bog‘liq sodir etilayotgan holatlar barchani ogohlikka undayotganligini tushungan holda, kelgusida xizmat vazifalarini qonun talablari asosida sidqidildan bajarish, mas’uliyatsizlik, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda belgilangan vazifalarni halollik, mas’uliyat va sadoqat bilan ado etish dolzarb masala ekanligi soha xodimlari va aholi orasida keng targ‘ib qilinmoqda.

Ayniqsa, xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish yuzasidan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, viloyatimizning barcha maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlari ishtirokida muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilayapti. Xususan, Gurlan, Yangibozor, Tuproqqal’a, Xiva tumanlari va Xiva shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash” mavzusida tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun jamoalardagi sog‘lom muhitni shakllantirish, huquqiy bilimlarni oshirish kabi qator masalalarga e’tibor qaratildi.

Tizim xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida chora-tadbirlar belgilangan. Shuningdek, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanalida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz”, “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”, “Korrupsiya – nima va uni qanday qilib yengish mumkin?!” va boshqa mavzularda umumta’lim maktablarida va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar hususida so‘z yuritilmoqda.

Shuningdek, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoalarida huquqshunoslar, mutaxassislar, sud, adliya, ichki ishlar tizimlari xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilayapti.

Bugungi kunda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida bolalarning chuqur bilim olishlari, o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari, sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xonalar, sport zallari zarur o‘quv-qo‘llanmalari, vositalari bilan to‘la jixozlangan. Maktablarimiz boy kitob fondigi ega. Tizim xodimlarining o‘z ish joylarida samarali faoliyat yuritishlari uchun shart-sharoitlar muhayyo etilgan.

O‘qituvchi va murabbiylar o‘z vazifalarini yuksak mas’uliyatni chuqur his qilgan holda bajarib, yosh avlodni har tomonlama barkamol voyaga yetkazishda bilim va tajribalarini safarbar etmoqdalar.

Doimo ogoh, sergak bo‘lib, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashish dolzarb vazifalardan biridir.


Xamro BEKTEMIROV,

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig'i

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb