Yangiliklar

.

Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining hududiy bosqichiga start berildi

27-fevral 2024-yil
image

Ayni paytda  7-8-sinf o’quvchilari matematika fanidan viloyatimiz bo’yicha maktab va tuman, shahar bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 86 nafar yosh bilimdonlar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishmoqda.

Bugun Urganch shahridagi 32-sonli maxsus maktab-internatida 7-8-sinf o’quvchilari o’rtasida Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) olimpiadasining viloyat bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Ayni paytda  7-8-sinf o’quvchilari matematika fanidan viloyatimiz bo’yicha maktab va tuman, shahar bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 86 nafar yosh bilimdonlar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishmoqda.

➖ Mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida matematika fanidan har bir sinf bo’yicha alohida 3 nafardan 1-2-3-o’rinni egallagan iqtidorli yoshlar may  oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@..
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb