Yangiliklar
"Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari bo'lib o'tmoqda
22-iyul 2023-yilMazkur seminar hududiy boshqarma va bo‘lim rahbarlari uchun taassurotlarga boy bo‘ldi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 20-22-iyul kunlari Toshkent shahrida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan "Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari bo'lib o'tmoqda.
Mazkur seminar hududiy boshqarma va bo‘lim rahbarlari uchun taassurotlarga boy bo‘ldi.
Ular ilg‘or maktablar tajribasi bilan tanishib, hamkasblari bilan o‘zaro fikr almashish orqali yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni belgilab olishdi.
Ushbu o'quv-seminari jarayonlarida xorazmlik rahbarlar ham faol ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati