Yangiliklar
E ‘ L O N
30-avgust 2023-yilO‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni talablari asosida navbatdagi elektron tanlov o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 25-avgustdagi 472-son qaroriga asosan Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul keytering usulida sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul keytering usulida sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash istagini bildirgan (sanitariya qoidalariga muvofiq moddiy-texnika bazasi mavjud belgilangan talablarga mos, salohiyatli) tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni talablari asosida navbatdagi elektron tanlov o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ushbu telefon raqamiga +99899 046 30 57 murojaat etishlari mumkin.
Xorazm viloyati hokimligi hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi