Yangiliklar
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqatlantirishni tashkil etishga oid meʼyoriy hujjatlarning belgilangan tartibda yuritilishi yuzasidan seminar oʻtkazildi
5-iyul 2023-yilO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 626–sonli Qarori va “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishni tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar” to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.
#seminar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 626–sonli Qarori va “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishni tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar” to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini oʻrganish boʻyicha brakeraj komissiyasi oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy ravishda oʻrganib boradi.
Brakeraj daftari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, mazasi, kunlik sinama olinganligi, ovqatni tarqatishga ruxsat berilganligi haqidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda toʻldirilib, har kuni hamshiraning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Brakeraj daftarlari ip oʻtkazib tikilgan, imzolanib muhrlangan boʻlishi lozim.
Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarida mahsulotlarning ishlab chiqarilgan vaqti, maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilingan vaqti va oxirgi ishlatish muddati haqidagi maʼlumotlar qayd etib boriladi.
Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari raqamlangan ip oʻtkazib tikilgan imzolanib muhrlangan boʻlishi lozim.
Tashkilotda yuritilishi kerak boʻlgan barcha meʼyoriy hujjatlar toʻliq va aniq qilib oʻz vaqtida qayd qilib borilishi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Seminarda Hazorasp tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Sh.Axmedov va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish bo'yicha metodist M.Xadjayevalar hamda maktabgacha taʼlim tashkilotining XIBDO', hamshira, oshpazlar ishtirok etdilar.