Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xalqaro olimpiadada Braziliya, Qirg‘iziston, Vetnam, Hindiston va boshqa davlatlardan ishtirok qiluvchilar Xorazm viloyatiga yetib keldilar

12-iyun 2023-yil
image

Mehmonlar olimpiada jarayonlari bo‘lib o‘tadigan Xiva shahridagi "Farovon" mehmonxonasiga joylashtirildi.

#Abu_Rayhon_Beruniy  
#Xalqaro_olimpiada  
 
Xabaringiz bor, joriy yil 11-17-iyun kunlari Xiva shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi tashkil etilmoqda. Bugun xalqaro olimpiadada Braziliya, Qirg‘iziston, Vetnam, Hindiston va boshqa davlatlardan ishtirok qiluvchilar Xorazm viloyatiga yetib keldilar.  
 
Ular Urganch xalqaro aeroportida kutib olindi. 
 
Mehmonlar olimpiada jarayonlari bo‘lib o‘tadigan Xiva shahridagi "Farovon" mehmonxonasiga joylashtirildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb