Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMLIK O‘QUVCHILAR BIR HAFTALIK TANISHUV SAYOHATIDA

26-may 2023-yil
image

Maktab o‘quvchilari Germaniyaning Gyote instituti hamda Germaniyaning Fuqarolik Ta’limi markazi (Bundeszentrale für politische Bildung) tomonidan o‘tkazilgan siyosiy musobaqada 2 ta bosh sovrinni qo‘lga kiritdilar.

 

Urganch shahridagi 19-sonli maktabning 7 nafar o‘quvchisi hamda 2 nafar o‘qituvchilari joriy yil 22-28-may kunlari Germaniya davlatining Berlin shahrida tashkil etilgan tanishuv safariga jo‘nab ketdilar.

Maktab o‘quvchilari Germaniyaning Gyote instituti hamda Germaniyaning Fuqarolik Ta’limi markazi (Bundeszentrale für politische Bildung) tomonidan o‘tkazilgan siyosiy musobaqada 2 ta bosh sovrinni qo‘lga kiritdilar.

Tashrif davomida o‘quvchilar Germaniya davlati kansleri Olaf Shols bilan ham uchrashdilar. 

Mazkur tanishuv safari Myunxendagi Gyote instituti hamda Germaniyaning Fuqarolik Ta’limi markazi (Bundeszentrale für politische Bildung) bilan birgalikda tashkillashtirilgan. Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligi bildiradi. 

Safar davom qilmoqda.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb