Yangiliklar
Singapur milliy universiteti professori Benson Lek Hong Khim Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi
26-aprel 2023-yilProfessor Woon Hwee Kiat hamda Benson Lek Hong Khim Xorazm viloyati hokimining ta’lim masalalari bo‘yicha bosh va yordamchi maslahatchisi sifatida faoliyat olib bormoqda
Janob Benson Lek Hong Khim ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha xalqaro darajadagi mutaxassis bo‘lib, bir nechta xorijiy davlatlarda ushbu yo‘nalishda maslahatchi sifatida faoliyat olib borgan. Uchrashuv davomida viloyatda umumiy o‘rta ta’lim sohalarini rivojlantirishning mahalliy dasturini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish, Singapur tajribasini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, professor Woon Hwee Kiat hamda Benson Lek Hong Khim Xorazm viloyati hokimining ta’lim masalalari bo‘yicha bosh va yordamchi maslahatchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.